Kvant nazariyasi nima?

Yorug’lik — insoniyat uchun hamon ulkan jumboq bo’lib qolmoqda. Bilamizki, yorug’lik to’lqinlari tarqaladi va yorug’lik to’lqinlari birgalikda kelayotgan elektr va magnit tebranishlardan iboratdir. Bu — elektrmagnit to’lqin turlaridan biri. 1900 yilda olmon fizigi Maks Plank to’lqinsimon tabiatchi yorug’lik nazariyasining mohiyatini oxirigacha ochib bera olmasligini aniqlaydi. U yonib turgan narsa uzidan yorug’lik taratishini tushuntirishga harakat qildi. Uning nazariyasiga ko’ra, radiatsiya muntazam, uzluksiz oqim bilan emas, balki ulush-ulush holida yorug’lik tarqatadi. Har bir alohida energiya junbushi yorug’lik kvanti deb ataladi. Plank taklif etgan faraz endilikda «kvant nazariyasi» deb nom olgan. Radiatsiya energiyasining alohida kvantlari shu qadar maydaki, shu sababli uning oqimi uzluksizdek tuyuladi. Masalan, yulduz shu’lasiday bu zaif nur manbaidan sekundiga 60 000 000 kvant nur chiqib ko’zimizga yetib keladi va shu tufayli uning oqimi go’yo uzluksizdek tuyuladi. Hozirgi kunda olimlar nurni, bir tomondan, to’lqinsimonlik nazariyasi jihatidan, ikkinchi tomondan esa kvant nazariyasi nuqtai nazaridan tadqiq etmoqdalar. Alohida olingan hech bir fikr o’z-o’zicha hodisani tushuntirib bera olmaydi. To’lqinsimonlik nazariyasi yorug’lik tarqalishi kenglikda yoki biror materiya orqali o’tganida qanday hodisa yuz berishini to’la-to’kis tushuntirib bera olmaydi. Kvant nazariyasi esa yorug’likning qanday tug’ilishi va uni biror materiya yutganida nima sodir bo’lishini tushuntirib bera oladi. Nur va elektrmagnit nurlanishning boshqa turlari ancha-muncha murakkab hodisadir. Shu sababli na to’lqinsimonlik nazariyasi, na-da kvant nazariyasi har biri o’zicha yuz berayotgan hodisalarni to’la tushuntirib bera olmasligining hech bir ajablanarli tomoni yo’q.