GAZ LAZER

GAZ LAZER — aktiv (faol) muhiti gazlar, bug’lar va ularning aralashmalari (sog Ar, He+Ne aralashmasi va boshqalar) dan iborat bo’lgan lazer. Gaz lazerlarining nurlanishi o’ta monoxromatik va yoyilish burchagi o’ta kichik bo’ladi. Lazer spektroskopiyasida, golografiya, lazer texnologiyasi, materiallarga ishlov berish, tibbiyot va b. sohalarda chastotalar reperi (belgisi) sifatida qo’llaniladi.