GAZLI – CHIMKENT GAZ QUVURI

GAZLI – CHIMKENT GAZ QUVURI — gaz magistrali. Janubiy Qozog’istonni Buxoro (Gazli gaz-neft koni) tabiiy gazi bilan ta’minlash uchun qurilgan. Gazli— Chimkent gaz quvuri 1987 yilda ishga tushirilgan. Umumiy uzunligi 621 kilometr (shu jumladan O’zbekiston hududida 312 kilometr). Bu gaz yo’lida 1220 millimetrli quvurlar yotqizilgan bo’lib, kompressor stansiyalari qurilgan. Loyiha quvvati bo’yicha yiliga 8 milliard metr kub gaz yetkazib beradi.