FUNKTSIONALIZM
FUNKTSIONALIZM – 20-asr me’morligidagi bino va inshootlarning maishiy ehtiyojlar, ishlab chiqarish talablariga javob beradigan qilib qurishni talab etuvchi yo’nalish. Funktsionalizm qurilish texnikasi yutuqlaridan keng foydalandi, yangicha loyhalash usullariga e’tibor qaratdi. Funktsionalizm 20-asr boshida paydo bo’ldi. Asoschilari — amerikalik me’mor L.G.Salliven va F.L.Rayt. Funktsionalizm ratsionalizm tarafdorlari bo’lgan G’arbiy Yevropa me’morlari tomonidan qo’llab-quvvatlandi, kridalari Frantsiyada Le Korbyuze, Germaniyada me’morlar V. Gropius, L. Mis van der ROE, X.Meyer va b. tomonidan rivojlantiriddi va targ’ib qilindi. Funktsionalizm G’arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Yaponiyada keng tarqalib, «xalqaro uslub»ga aylandi. «Funktsionalizm» atamasi ilk bor shvesiyalik me’morlik nazariyotchisi Z. Gidion tomonidan qo’llangan. 1930-yillardan Finlyandiya (A.Aalto va boshqalar), Shvetsiya (S.Markelius va boshqalar)da Funktsionalizmga asoslangan mamlakatning milliy xususiyatlariga moslashtirilgan usullar ishlab chiqildi. 2 jahon urushidan keyin 1939-45 yillarda vayron bo’lgan shaharlarni tiklatshda Funktsionalizm ta’siri kayta jonlandi, birok «xalqaro uslub» butunlay barham topdi. Funktsionalizmning asosiy talablariga brutalizm, neoklassisizm tarafdorlari qarshi chiqdi. Zamonaviy me’morlik nazariyasida Funktsionalizm ustalarining merosi (asosan, 1930- yillar me’morligi bilan bog’liq bo’lgan tamoyillar)ni diqqat bilan o’rganish an’analari ustunlik qiladi, ayni bir paytda Funktsionalizm tarafdorlarining ijtimoiy utopik (me’morlik yordamida jamiyatni o’zgartirishga umid qilgan) qarashlari tanqid qilindi. Ad.: Gropius V., Granisi arxitekturi, [Per. s nem.], M., 1971; Vsemirnaya istoriya arxitekturi, t. 11, M., 1973.