GAMMA

GAMMA, musiqada — dastlab o’rta asr Yevropa ilmida musiqa tovush katorining eng past tovushi. Keyinchalik muayyan lad tovushlarining oktava orasidagi tartibi. Gamma asosiy pog’onadan boshlanib yuqoriga yoki pastga yo’nalgan bo’ladi. 7 tovushli (diatonik ladlarda), 12 tovushli (xromatik), Sharqda 17,22 va hatto 48 g tovushli Gammalar mavjud. Turli Gammalarni ijro etish — o’quv ts jarayonida keng tarqalgan musiqa mashqlaridan.