GANDABULOQSOY

GANDABULOQSOY – Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi soy. Amudaryoga quyiladigan (o’ngdan) Sherobodsoyning o’ng irmog’i. Boysun tog’ining Janubiy-Sharqiy yon bag’ridagi buloqlardan boshlanadi. Uzunligi 11 kilometr. Bahorda qor, yomg’ir suvlaridan, qolgan paytlarda buloqlar suvidan to’yinadi. Gandabuloqsoyning havzasi uncha baland bo’lmaganidan kam suvli, lekin bahorgi jala yomg’irlardan so’ng suvi ko’payib, toshqinlar ham bo’lib turadi.