GERMES

GERMES —Mars va Yupiter orbitalari oralig’idagi kichik sayyora. Yerga juda yaqinlashib o’tadi. Nemis astronomi K. Reynmut 1937 yil ochgan. Germes oxirgi marta yerga yaqinlashganda ular orasidagi masofa 0,6 million kilometrga tenglashgan. Germesning diametri taxminan 1 kilometrga teng. Quyoshdan o’rtacha uzoqligi 0,004 astronomik birlik (a. b.) ga teng. Germes 1937 yildan keyin kuzatilmagan bo’lib, yo’qolgan sayyora hisoblanadi.