GIDROSIKLON
GIDROSIKLON (gidro… va Yunoncha Ciklon —aylanuvchi) —massalari bir-biridan farq qiladigan mineral donachalarni suv muhitida ajratadigan apparat. Gidrosiklonning klassifikator, separator va quyultirgich kabi xillari bor. Klassifikator mineral donachalarni yirikligi bo’yicha ajratadi, separator mineral suspenziya holatdagi foydali qazilmalarni boyitadi, quyultirgich donachalardan suvni ajratadi. Tuzilishi oddiyligi tufayli Gidrosiklon sanoatda keng ishlatiladi.