GIMENIY

GIMENIY (Yunoncha hymen — parda, pust) — xaltachali (diskomisetlar) va bazidiyali zamburug’lar, shuningdek, ba’zi lishainiklar tanalarining ustki yoki ostki tomonida spora hosil qiluvchi qujayralar yoki bazidiyalar. Ko’pchilik zamburug’va lishainiklar gimeniysida xaltacha va bazidiyalardan tashqari bir hujayrali va ko’p hujayrali naslsiz parafizalar, ko’pgina bazidiyali zamburug’larda esa bir hujayrali tsistidlar ham bo’ladi.