GIPOGENITALIZM

GIPOGENITALIZM (gipo… va lotincha genitalis — jinsiy) — jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) b-n ichki va tashqi jinsiy a’zolarning yetilmay qolishi, ikkilamchi jinsiy belgilarnit aniq sezilmasligi. Jinsiy tizimning tug’ma nuqsonlari, o’tkir va surunkali yuqumli kasalliklar Gipogenitalizmga sabab bo’ladi. Gipogenitalizmni davolashda gormonlardan tashqari, kasallikning asosiy sababchisi bartaraf etiladi.