GIPOIDLI UZATMA

GIPOIDLI UZATMA – vintli tishli uzatma; ayqash o’qli konussimon tishli g’ildirakdan iborat. G’ildiraklarning tishlari qiyshiq va egri chiziqli bo’lishi mumkin. Shovqinsiz ishlashi, katta zo’riqishlarga chidamliligi bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi. Ish vaqtida tishlarda ko’ndalang va bo’ylama ishqalanish paydo bo’ladi, shuning uchun tishlar doimo moylab turiladi. Avtomobil va traktorlar, teplovozlar, to’qimachilik stanoklari va boshqalarda qo’llaniladi.