GLAZOV

GLAZOV — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar. Temir yo’l stantsiyasi Cheptsa daryosi (Vyatkaning irmog’i) bo’yida. Aholisi 108 ming kishi (1995). Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, pedagogika instituti bor. Glazov 1780 yil vujudga kelgan.