GREYDER

GREYDER (inglizcha grader, grade — tekislash) — yo’l ochish, ariq va zovurlar qazish, yer tekislashda ishlatiladigan mashina. Tirkama yoki o’ziyurar (avtogreyder), og’ir, o’rtacha va yengil xillari bor. Asosiy ish organi — tishli ag’darma. Tuproqni qazib chetga to’kadigan yoki bir yo’la yuk tashish vositalariga ortadigan moslamalar bilan jihozlangan Greyderlar Greyder -elevatorlar deb ataladi. Greyderlar qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqalarda ishlatiladi.