JAMNAGAR

JAMNAGAR, Navanagar— Hindistonning g’arbidagi shahar. Gujarot shtatida. Kach qo’ltig’i sohilidagi port. Aholisi 345 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Katxiyavar yarim orolidagi muhim savdo markazi. Ipak, jun, ko’n, kimyo, tsement, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qadimdan bo’yoqchilik rivojlangan. Kashtachilik, tikuvchilik va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Jamnagar yaqinidan boksit olinadi.