JUL

JUL — 1) ot yopig’i, Abzal; egar ustidan yopiladi. Otni qishda sovuqdan asraydi. Astari kigizdan, avrasi guldor jun sholcha yoki qalin mato (Baxmal, movut va boshqalar)dan tayyorlanadi; matodan tayyorlanganlari kashta tikib bezatiladi; 2) qo’l (do’kon)da to’qilgan qalin jun mato.