SARXONA

SARXONA (forscha — boshxona, boshlanish) — musiqada kuy va ashulalarning boshlang’ich tuzilmasi. Odatda, musiqa asarining dastlabki ikki jumlasini tashkil qiladi. Shashmaqomda, shuningdek, sarhat (ashulaning birinchi jumla- si), sarohang (ohangning boshlang’ich tuzilmasi) atamalarida ham qo’llaniladi.