FEYXTVANGER (FEUCHTWANGER) LION

FEYXTVANGER (FEUCHTWANGER) LION (1884.7.7, Myunxen 1958.21.12, Losanjeles, AQSh) — nemis yozuvchisi. Myunxen va Berlinda o’qigan; falsafa doktori (1907). Dastlab jurnalistika va teatr tanqidchiligi bilan shug’ullangan. «Harbiy asirlar» (1919) turkumidagi pyesalarida 1-jahon urushi voqealari va xalqning urushga qarshi kurashlari keng ifodalangan. 1933 yildan Frantsiyada emigratsiyada bo’lgan. «Tomas Vendt» (1920), «Yahudiy Zyuss» (1920-22), «Ko’rimsiz gersoginya» (1923) romanlari mavzuining rang-barangligi bilan ajralib turadi. «Quvg’un» (1939) romanida yozuvchi o’zining surgun tufayli siyosiy kurashdan uzoqlashib qolganligini tasvirlaydi. «Yahudiylar urushi» trilogiyasi (1932-42) da inson shaxsi muammosiga munosabati va gumanistik qarashlari aks etgan. «Akauka Lautenzaklar» (1943), «Simon» (1944), «tokzordagi tulkilar» (1947), «tentakning donoligi…»(1952) romanlari, «beva Kapet» (1956) dramasi va boshqa asarlar muallifi. Ko’pgina asarlari ekranlashtirilgan.