MADLEN MADANIYATI

MADLEN MADANIYATI (arxeologiyada) — Yevropadagi so’nggi Paleolit davri (miloddan avvalgi taxminan 15-8 mingyilliklar) madaniyati. Frantsiyadagi La-Madlen (La Madeleine) g’ori nomi bilan atalgan. Tosh keskichlar, suyak va shoxdan yasalgan mehnat qurollari, g’or devorlariga solingan suratlar, suyak o’ymakorligi va boshqalar. Xo’jaligi — ovchilik, baliqchilik.