JAMOL QARSHIY

JAMOL QARSHIY (taxallusi; asl ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid) (13-14-asrlar) — tilshunos olim. «As-saroh min as-Sahoh» («As- Sahohdan olingan aniq so’zlar») Arabcha- forscha lug’at muallifi. Lug’at o’sha davr tili leksikasini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Lug’atning qo’lyozma nusxalari Parij, Berlin, London qo’lyozmalar fondida saqlanadi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida bu asarning 1511 yilda kotib Xusom Muhammad bahoriy (inv. № 2723) va 1703-04 yillarda Mulla Feruz ko’chirgan nusxalari mavjud (inv № 2400).