Futbol qachon vujudga kelgan?
Futbol haqida hamma odam eshitgan. Jahonning barcha mamlakatlarida bolalar ham, kattalar ham mazza qilib futbol o’ynashadi. Odamzotning u yoki bu darajadagi dumaloq buyumlarni dumalatish, uzatish va irg’itish mumkinligini anglab yetganiga ancha zamonlar bo’ldi. Bora-bora muayyan qoidalar joriy etila boshladi, uyin ikki jamoadan biri erishuvi lozim bo’lgan anih bir maqsad kasb eta boshladi. To’p bilan o’ynaladigan aynan shunday o’yin turi lotin amerikasilik hindular orasida mavjud bo’lgan. Darvoqe, ular o’yin chog’ida kauchuk to’pdan birinchi bo’lib istifoda etishgan. Albatta, turli mamlakatlarda o’yin uchun o’z qoidalarini o’ylab topishgan. Ammo futbol o’yinidagi yagona qoidalar Angliyada XIX asrning o’rtalarida ishlab chiqilgan edi. Shundan keyin ularni Angliya hukmronligiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakat, keyinchalik esa butun dunyoda qabul qilishdi. Mazkur ommaviy o’yin Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo’ylab shitob bilan tarqaladi. Binobarin o’zining Angliyaga sayohatidan keyin Pim Miller futbolni gollandiyaliklarga tanishtiradi va 1889 yilda milliy futbol federasiyasi tuzadi. Endilikda butun dunyoda erkaklar, xotin-qizlar va bolalar futbol o’ynashadi. Yuz millionlab telemuxlislar jahon chempionati o’yinlarini tomosha qilishadi. Xuddi shuningdek ommaviyligi bo’yicha bir-biriga teng bo’lgan ba’zi bir Yevropa birinchiliklari (Kubok egalari kubogi) hamda milliy birinchiliklar mavjud.