Muz ustida xokkey qayerda paydo bo’lgan?

Muz ustida xokkey dunyodagi eng shitobli sport o’yini hisoblanadi. Unda ikki jamoa o’ynaydi va ularning har birida bir vaqtning o’zida oltitadan o’yinchi ishtirok etadi. Qo’shimcha o’yinchilar yoki zaxiradagilar bort bo’ylamasida o’tirishadi. Har bir jamoa ikki narsani qilishga intiladi: shayba deb ataluvchi jajji diskni rahib darvozasiga kiritish va raqibni aynan shunday ishni qilishiga yo’l qo’ymaslik. Bizning zamonamizda xokkey-klyushka va koptokcha bilan o’ynaladigan o’yinlardan biri. Buningdek o’yinlar qachonlardir chavgon o’yini paydo bo’lgan Eronda dunyoga kelgan deb hisoblanadi. Bizga xuddi shuningdek qadimgi yunonlarda ham xokkeyni eslatuvchi o’yin mavjud bo’lganligi, u hattoki Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgani ma’lum. Yunonlarning Afina shahrida yoshi taxminan 2400 yilga teng bo’lgan bir devor bor. Unda hozirgi chim ustida xokkeyni eslatadigan o’yinni o’ynayotgan navqiron yigitlar tasvirlangan. Muz ustida xokkeyning Kanadada vujudga kelganiga ham yuz yildan oshib ketdi. Ta’kidlab ishontirishlarning biriga qaraganda, bu o’yinning ibtidosi taxminan 1867 yilda ingliz askarlari Kingston atroflaridagi Ontario ko’lining muzlagan sathidagi yaxmalakda xokkeyni eslatuvchi qandaydir bir o’yinni ermak qilishganlaridan boshlangan ekan. Shunday ekan, Kanada havaskorlar xokkeyining asoschisi bo’lsa-da, ammo Qo’shma Shtatlarda muz ustida xokkey ilk marotaba professional asosda tashkil etilgan edi. 1904-1905 yillar qahratonida Michigan shtatining Xyuton shahrida professional xokkey ligasi tashkil etilgan edi. Dunyodagi etakchi professional liga bo’lmish Milliy xokkey Ligasi 1910 yilda tuzilgan.