Beysbol nima?

Beysbol amerikaliklarning milliy o’yini sanaladi. U 1845 yili Aleksandr Kartrayt dastlabki beysbol klubini tashkil etgach, Nyu-Yorkda vujudga kelgan edi. U o’ylab topgan qoidalarda bayon etilishicha, o’yin 9 ta irg’itishdan tarkib topishi, jamoada 9 nafar o’yinchi qatnashish, o’yin maydonchalari (beysbol maydonchalari) tomonlari 90 fut bo’lgan kvadratdan iborat bo’lishi lozim. Baza asosida zing’ituvchi o’yinchi turadigan «uy» joylashadi. O’yin paytida har bir o’yinchi baza bo’ylamasidan (maydon tarafi) yaxshi o’tishi va yugurishda yutishi kerak. Jamoa uch o’yinchini «o’yindan chiqarmagunga qadar koptokni to’qmoqlab turadi. Pitcher (beysbol zingituvchi) koptokni chillakli (koptokni qaytaruvchi) o’yinchining tizzalari va uning bilaklari oralig’idagi balandlikda «uy» chizig’ini kesib o’tadigan qilib zing’itadi. Agar hujumchi koptokni qoidalarga muvofiq zing’itmasa, zing’itish hisobga olinmaydi. Zarba — bu, koptokni baza chizig’ini kesib o’tadigan qilib zing’itish. Agar o’yinchi zing’itish paytida chayqalsa yoki boshqa bir koptokka zarba bersa, unda berilgan zarba hisobga olinmaydi. Mabodo o’yinchi uchta shunday zarba bergudek bo’lsa, unda u o’yindan chiqib ketadi. O’yinchi xuddi shuningdek, agar boshqa jamoaning maydondagi o’yinchisi hujumchi unga yetib olishidan oldin koptokni ilib olsa va bazaga zing’itsa, o’yindan chiqishi mumkin. Beysbolni chillak deb ataluvchi maxsus tayoqcha bilan o’ynaydilar. Beysbol chillagi bir uchi yo’g’onlashib boruvchi kalta dumaloq gavrondan iborat. Shu bois ham uning kriket o’yiniga qaraganda mo’ljalga aniq tegishi biroz qiyinroq. Beysbol chillagining umumiy uzunligi 107 santimetrdan oshmasligi shart.