Suvga sakrash sporti necha yoshda?

Odamzot, shu narsa muqarrarki, suzishni o’rganib olganidan keyin ko’p o’tmay suvga sakrashning ham mashqini ola boshlagan. U turgan yeridan suvga tushishi mumkinligini payqaganidan keyin darhol suvga sakrashni boshlagan. Odamzot suvga sakrashni o’rganganidan keyin, shu narsa ham muqarrarki, boshini oldinga berib suvga kalla tashlashning ham hadisini olgan. Shunday bo’lsa-da, faqat XIX asrning oxirlarida suvga akrobatik yoki badiiy kalla tashlash paydo bo’ldi. Shveytsariya, Germaniya, Fransiya singari mamlakatlardan bo’lmish gimnastikachilar o’zlarining akrobatik mahoratlarini takomillashtirish mashqlari paytida suvga sakrash yerda yoxud bordonga sakrashdan yumshoqroq ekanligini payqab qolishadi. Buningdek amaliy mashqlarning natijasi o’laroq yangi sport turi — suvga sakrash vujudga keldi. 1904 yilga kelib sportning bu turiga nisbatan salmoqli xalqaro qiziqish shakllandi. O’sha yildagi Olimpiya o’yinlari paytida bu tur bo’yicha musobaqa o’tkazish uchun suvga sakrashning yetarlicha turli-tuman usullari mavjud edi. Musobaqa «Olimpiya o’yinlari dasturidagi suvga oliymaqom sakrash» deb yuritilgan edi. Musobaqalarga qo’yilgan har bir sakrash ijroning qiyinligiga asoslangan holda bahoga ega bo’ladi. Suvga sakrash bo’yicha 1904 yilda o’tkazilgan dastlabki Olimpiya musobaqalaridan e’tiboran suvga sakrash xillarining ro’yxati o’zgarishi davom etayotir. Sakrashlarning eskirgan xillari chiqariladi, yangilari esa qo’shiladi. Vishka-minoradan sakrashlar — bu, siltanish taxtasisiz sakrash. Ular odatda baland maydonchadan amalga oshiriladi. Tramplindan sakrashlar paytida yengil qayishuvchan uzun taxtadan foydalaniladi. Tramplindan sakrashlar vishkadan sakrashlardan keyin paydo bo’lgan. Ular minoradan sakrashlarga qaraganda kamroq balandlikdan bajariladi. Bugun suvga sakrash bo’yicha musobaqalar — maktablar va kollejlardagi eng ommaviy sport turi. Ta’lim davrida musobaqalarda qatnashgan ko’pgina suvga sakrovchilar keyin ham bir talay yillar musobaqalashishni davom ettiradilar.