LYUKARNA

LYUKARNA (Fransuzcha lucarne, lotincha. lux — yorug’) — binolardagi gumbaz va ravoqlarning derazasi. Doira, yarim doira, to’g’ri burchakli, ko’pburchakli, oval va boshqa shakllarda bo’ladi. Asosan, ichkarini yorug’lik bilan ta’minlash uchun, shuningdek, bezak sifatida quriladi. Lyukarna O’zbekistondagi 19-20-asrlarda Yevropa uslubida qurilgan binolar bezagida qo’llanilgan (Toshkentdagi uy-joy qurilishi banki va boshqalar).