LITR
LITR (Fransuzcha litre) — metrik o’lchov sistemasida hajm va sig’im o’lchov birligi. Qisqacha l bilan belgilanadi. O’lchovlar va tarozilar bo’yicha Bosh anjuman 1964 yilda 1l=1 dm3=0,001 m3 deb qabul qilgan. Litrning avvalgi qiymati 1,000028 dm3 ga teng bo’lgan. 1 l — bosimi 760 millimetr simob ustuniga teng bo’lgan va eng katta zichlik (temperaturasi 4°)dagi 1 kilogramm kimyoviy sof suvning hajmiga teng.