LISTING

LISTING (inglizcha list — ro’yxat) — 1) kompaniyalar aktsiyalarini birjada sotiladigan aktsiyalar ro’yxatiga kiritish. Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar birjada ekspert tekshiruvlaridan o’tgan bo’lsa, ularni savdoga qo’yish mumkin. Birjaga qo’yilmaydigan aktsiyalar «chayqov» bozorida «peshtaxta ostidan» sotiladi; 2) qimmatli qog’ozlarni fond birjasida savdoga qo’yish qoidalari.