XALQARO SPORT BIRLASHMALARI
XALQARO SPORT BIRLASHMALARI — jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi jahon va mintaqaviy nohukumat tashkilotlari. Ularning soni hozirgi vaqtda 200 tadan ortiq. Xalqaro sport birlashmalari — universal (masalan, xalqaro Olimpiada qo’mitasi — XOQ), sport turlari bo’yicha federasiyalar (FIFA, FIDE, FAI va hokazolar) tarzida bo’ladi. Gimnastika federatsiyasi (1881 yil tuzilgan), akademik eshkak eshish (1892), konkida yuguruvchilar uyushmasi (1892), XOQ (1894) eng avval tashkil qilingan Xalqaro sport birlashmasi hisoblanadi.