ABDUAZIZOV

ABDUAZIZOV Abduzuhur Abdumajidovich (1938.1.1, Toshkent) — tilshunos, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1995). Filologiya fanlari doktori (1975), professor (1978). Toshkent davlat chet tillar pedagogika intini tamomlagan (1961). Shu institut ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri (1968-81; 1983-91), Kobul universitetida maslahatchi-professor. (1981-83), Toshkent davlat universiteti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991 y.dan). Ingliz va o’zbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya, oliy o’quv yurti uchun chet tillarini o’qitish uslubiyotiga doir darslik, o’quv qo’llanmalari muallifi. Asarlari rus, ingliz va dari tillarida nashr etilgan.