ABU NASR QUBAVIY

ABU NASR QUBAVIY Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (11 — 12-asrlar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 29 yillarda Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» («Buxoro tarixi») asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qo’lyozma nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.