ABU SULAYMON

ABU SULAYMON Muhammad ibn Tohir ibn Bahrom Sijistoniy Mantiqiy (912— Bag’dod — 985) — faylasuf. Abu Nasr Forobiyning zamondoshi, u bilan ilmiy bahslar qurgan. Abu Sulaymon Arab va yunon tilini yaxshi bilgan. Uning asarlari: «Risolatun Fi marotib quvayyul inson» («Inson quvvatlarining darajalari haqida risola»), «Rasoyil Eziddavla» («Eziddavla risolalari»), «Sharhe kutub Aristutolis» («Arastu kitoblariga sharh»). Ba’zi ma’lumotga qaraganda, Abu Sulaymonning «Suvonul hikmatu» («Hikmatlar to’plami») va «Muxarrik avval» («Birinchi harakatlanuvchi») asari ham bo’lgan. Abu Sulaymon mantiqilmi bilan ko’p shug’ullanganligi uchun mantiqiy laqabiga ega edi.