AVANTYURIN
AVANTYURIN — zich mayda zarrali shaffof kvars, qo’ng’ir-qizg’ish yoki sarg’ish rangli yaltiroq mineral. Tarkibida bir me’yorda tarqalgan slyuda yoki gematit bo’ladi. kaliy va natriyga boy bo’lgan tillarang dala shpatlari ham Avantyurin deb ataladi. Avantyurin oson jilvirlanadi va kumushsimon-oq, qizg’ish-qo’ng’ir, ahyonahyonda yashil rangda tovlanadi, shuning uchun turli zeb-ziynat va san’at buyumlari yasash uchun ishlatiladi.