AVRANGBARDOR

AVRANGBARDOR (forscha — taxt ko’taruvchi) — O’rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrda xon, amirlarning xizmatkorlaridan biri; harbiy yurish paytida xon yoki Amir yonida yuradigan kishi. Avrangbardorning vazifasi taxtiravon (ko’chma taxt) ni olib yurishdan iborat bo’lgan. Avrangbar lavozimi 18-asrdagi tarixiy manbalarda, xususan «Majma’al-arqom»da ham eslatib o’tilgan.