AVTOMAT PO’LATI
AVTOMAT PO’LATI — metall kesuvchi tezkor avtomat stanoklarda kesib ishlash uchun mo’ljallangan po’lat. Tarkibida oltingugurt va fosfor boshqa po’latlardagidan ko’proq bo’ladi. Avtomat po’lati tarkibi: 0,08—0,45% uglerod, 0,15— 0,35% kremniy, 0,6—1,55% marganes, 0,08—0,30% oltingugurt, 0,05—0,16% fosfordan iborat. Avtomat po’lati kesish vaqtida qisqa, oson sinuvchan va buyum sirtidan darhol ajralib ketadigan qirindi hosil qiladi. Po’latni ana shunday xossali qilish uchun u oltingugurt bilan, ko’pincha esa oltingugurt va fosfor bilan legirlanadi. Avtomat po’lati Avtomat liniya (tsilindrik tishli g’ildiraklarga ishlov berish): a) umumiy ko’rinishi; b) texnologik jarayon: 1—zagotovka; 2—birinchi tokarli ishlovi; 3—ikkinchi tokarlik ishlovi; 4—sidirish; 5—tozalab ishlov berish; 6—bunker; 9—shevronlash; 10—tayyor bo’lgan tishli g’ildirak (shesternya). Avtomat po’lati chiviq ko’rinishida ishlab chiqariladi. Undan Bolt, gayka, vint va hokazolar, avtomobillar, asboblarning ba’zi detallari va boshqalar tayyorlanadi.