AVTOMOBIL TIRKAMASI

AVTOMOBIL TIRKAMASI – yuk avtomobiliga tirkaladigan bir, ikki yoki ko’p o’qli dvigatelsiz arava. Odam va yuk tashiydigan hamda maxsus Avtomobil tirkamasi bo’ladi. Odam tashiydigan Avtomobil tirkamasi avtobuslarga tirkaladi. Yuk Avtomobil tirkamasining borti platformali va ma’lum yukni tashishga moslashtirilgan xillari bo’ladi (masalan, furgon, samosval — ag’darma, refrijerator, og’ir yuk tashuvchi va hokazo). Maxsus Avtomobil tirkamasi o’ziga o’rnatilgan mashina, apparat yoki uskuna yordamida biron ishni bajarishga mo’ljallanadi (Avtomobil tirkamasi ustaxona, Avtolavka (ko’chma do’kon), kompressorli uskuna (Avtomobil tirkamasi – uy va boshqalar). Bir o’qli Avtomobil tirkamasi ko’pi bilan 2 tonna, ikki o’qli Avtomobil tirkamasi 3-12 tonnagacha, og’ir yuk tashiydigan ikki va undan ko’p o’qli Avtomobil tirkamasi esa 60 tonnagacha yuk ko’taradi. Ikki o’qli Avtomobil tirkamasi gidravlik, pnevmogidravlik, pnevmatik va Avtomobil tirkamasi tor-mozlar bilan jihozlanadi.