AVTOTIPIYA

AVTOTIPIYA (Avto … va Yunoncha Tupos -nusxa, qolip) — 1) rangli tasvirlarning hamma tusini asliday chop etish uchun fotomexanik yo’l bilan maxsus bosma qolip (klishe) tayyorlash usuli. Avtotipiyada original rastr deb ataluvchi tur (shisha plastikalarga tushirilgan qora kataklar) orqali suratga olinadi. Originalning eng ochiq rangli eridan aks etgan nurlar rastr kataklaridan o’tib, negativda eng katta nuqtalar, qora (to’q) yeridan aks etgan nurlar esa eng kichik nuqtalar hosil qiladi. Boshqa yerlardan qaytgan nurlar och-to’qligiga qarab negativda turli kattalikdagi nuqtalar shaklida aks etadi. Bunday negativdan tayyorlangan klisheda ham, undan foydalanib bosilgan nusxada ham tasvir son-sanoqsiz nuqtalardan iborat bo’ladi. Ammo ko’z nuqtalar orasidagi bo’shliqni ilg’amaydi, nuqtalar yaxlit bo’lib tuyuladi. Nuqtalarning zichroq joylari to’qroq, siyrakroq joylari ochroq bo’lib ko’rinadi. Avtotipiyadan fotosurat, qalam yoki bo’yoqda chizilgan rasm va hokazoni chop etishda foydalaniladi; 2) rastrli klishedan olingan nusxa.