ADAPTATSIYA

ADAPTATSIYA (lotincha adaptatio — moslashuv) — 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o’ziga ta’sir etadigan qo’zg’atuvchilarga moslashishi natijasida ulardasezgirlikdarajasiningo’zgarishi (masalan, ko’zning yorug’lik yoki qorong’ilikka moslashuvi). Qo’zg’atuvchining ta’sir kuchi o’zgarishi bilan sezgirlik ham o’zgaradi. Qo’zgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. Adabtatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko’rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, hid va ko’rish sezgilarida Adabtatsiya kuchli, eshitish va og’riq sezgilarida kuchsizdir. Ichki sezgilar (masalan, tashnalik, ochlik) ga nisbatan Adabtatsiya hosil bo’lmaydi. Adabtatsiya organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning o’zgarishiga, balandlikka, ko’pgina infektsion agentlarga moslanishini ta’minlaydi. Adabtatsiya reaktsiyasi moddalar almashinuvi intensivligining uzluksiz o’zgarib turishiga asoslangan. Odam organizmining moslashuv reaktsiyasi (Adabtatsiya reaktsiyasi) ni tez (spetsifik) va sekin (nospesifik), tug’ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllangan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun o’ziga xos) reaktsiyalarga bo’lish mumkin. Masalan, og’ritadigan omil ta’siriga javoban oyoq-qo’lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak faoliyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong’ida ko’z yorug’lik sezish layoqatining zo’rayishi — bularning hammasi tug’ma tez Adabtatsiya reaktsiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sharoitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog’lig’i va b.ga bog’liq.