FOYDALI QAZILMALAR
FOYDALI QAZILMALAR, mineral xom ashyolar — yer po’stida qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda uchraydigan, turli geologik jarayonlar natijasida to’plangan hamda miqdori, sifati, joylashish sharoitlariga ko’ra sanoatda ishlatishga yaroqli bo’lgan tabiiy mineral moddalar. Foydali qazilmalar turli konlarni hosil qiladi. Paydo bo’lish sharoitiga ko’ra Foydali qazilmalar konlari seriyalar — sedimentogen (gipergen), magmatogen (gipogen) va metamorfogen konlarga bo’linadi. Geologik davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan geosinklinal (burmalagan oblastlar) va platformalardagi konlar bo’ladi. Qanday chuqurlikda paydo bo’lishiga ko’ra, Foydali qazilmalar konlari ultraabissal (10— 15 kilometrdan chuqur), abissal (3-5 kilometrdan chuqur), gipabissal (1,5 kilometr chuqurlikda joylashgan) konlarga bo’linadi. Foydali qazilmalar Z guruhga: metall, nemetall va yonuvchilarga bo’linadi. Metall Foydali qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, Nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), olovbardosh, elektrotexnik, pezooptik, issikdik va tovushni izolyasiya qiluvchi, kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, qurilish materiallari, qimmatbaho va texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, toshko’mir va qo’ng’ir kumir, torf, yonuvchi slaneslar yonuvchi Foydali qazilmalarga mansub. Fizik holatiga ko’ra, qattiq (qazilma ko’mirlar, rudalar, noruda Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va inert gazlar) Foydali qazilmalar bo’ladi. Mineral resurslar mamlakat, qit’a yoki butun dunyo zaminidagi Foydali qazilmalar yig’indisi bo’lib, sanoat i.ch.ining muhim tarmoqlari (energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga ajratiladi: a) yoqilg’ienergetika resurslari (neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi slaneslar, torf, uran rudalari); b) kora va rangli metallurgiya xom ashyosi hisoblangan ruda resurslari (temir va marganes rudalari, xromit, boksit, mis, qo’rg’oshinrux, nikel, volfram, molibden, qalay, surma rudalari, Nodir metallar rudalari va b.); v) konchilikkimyo xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, barit, bor rudalari, brom va yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish materiallari va noruda Foydali qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, bezak, texnik va qimmatbaho toshlar (marmar, granit, yashma, agat, tog’ xrustali, granat, korund, olmos va boshqalar); D) gidrotermal mineral resurslar (er osti chuchuk va mineral suvlari). Mineral boyliklar ko’p tabiiy resurslardan farqli ravishda qaytadan tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer osti sho’r suvlari mineral xom ashyoning muhim rezervlari hisoblanadi.