JAVONSHIR

JAVONSHIR (?-670) — Kavkaz Albaniyasining hokimi (638-670). Mehroniylar sulolasidan. Uning davrida arablar tomonidan Albaniyani bosib olish boshlangan. Qodisiya jangi (636 yil)da arman knyazi Musheg Mamikonyan va Syunik xrkimi Grigoriy bilan birgalikda arablarga qarshi sosoniylar qo’shini tarafida turib jangda qatnashgan. Forslar tor-mor keltirilgach, Javonshir Zakavkazye hududida qolgan-qutgan fors askarlari bilan kurash olib borgan. 660 yilda xalifalikka qarshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 667 yil Janubdan arablar va shimoldan xazarlar istilosi xavfi tug’ilgach, o’zini Xalifalik vassali deb tan olgan. Javonshir markazlashgan hokimiyat muxoliflari fitnasi natijasida o’ldirilgan.