FONOGRAFIK YOZUV

FONOGRAFIK YOZUV, fonografiya (fono… — … grafiya) — tilning fonetik tuzilishini, tovush tarkibini aniqroq, to’likroq aks ettiruvchi yozuv turi; yozuv tarixida gtiktografik (rasmli) va ideofafik (so’z—tushuncha) yozuvlardan keyingi bosqichdagi yozuv. Ushbu yozuv belgilari (fonofammalar) so’zning tovush elementlarini, ya’ni bo’g’in va tovushlar (fonemalar)ni ifodalaydi; shunga karab fonografiyaning 2 turi — sillabik (bo’g’inli) yozuv (q.) va harf—tovush yozuvi (q.) farqlanadi. Sillabik yozuv namunasi sifatida hind yozuvi — devanagarini, harf—tovush yozuvi namunasi sifatida esa kirillisa asosidagi hozirgi o’zbek yozuvini ko’rsatish mumkin.