GAZ TAQSIMLASH

GAZ TAQSIMLASH (ichki yonuv dvigatellarida) — ichki yonuv dvigateli kiritish va chiqarish organlarining davriy harakati (ochilib-yopilishi) natijasida yuz beradigan jarayon. U dvigatel tsilindrining yangi zaryad bilan to’lishini (so’rish, kirish) va ish bajarib bo’lgan gazning tsilindrdan chiqib ketishini (chikarish, chiqish) ta’minlaydi. Dvigatelning turi va tuzilishiga qarab, Gaz taqsimlash klapan (qopqoq)li, shaybali, zolotnikli (klapansiz), tirqishli va aralash bo’lishi mumkin. Kema va teplovoz ichki yonuv dvigatellari (dizellar)dagi Gaz taqsimlash tizimida qo’shimcha kulachoklar va reversiv qurilmalar bo’ladi. Bular dvigatel tirsakli valining aylanish yo’nalishini o’zgartirishga imkon beradi.