GO’SHT-SUYAK UNI

GO’SHT-SUYAK UNI – oqsil mineralli ozuqa. Go’shti yeyishga yaroqsiz deb topilgan hayvonlar go’shtini go’sht kombinatlarida maxsus kamerada yuqori qarorat va havo bosimida quritib tayyorlanadigan (un qilingan) ozuqa. 1 kilogramm Go’sht-suyak unida, 1,04 ozuqa birligi, 900 gramm quruq modda, 400 gramm tozalanmagan va 341 gramm hazmlanuvchi protein, 21,7 gramm lizin va 8,8 gramm metionintsistin aminokislotalari bor. Shuningdek, Go’sht-suyak uni kaltsiy, fosfor, mikro-elementlarga, V guruhi VI- taminlariga boy. Go’sht-suyak uni asosan cho’chqalar, parrandalar, mo’ynali hayvonlar ratsioniga, shuningdek, turli aralash yog’larga to’yimliligini oshirish uchun qo’shiladi. Baliq ovlash flotlari ovlaydigan dengiz hayvonlari go’shtidan ham Go’sht-suyak uni tayyorlanadi.