ADENOVIRUSLAR

ADENOVIRUSLAR (Yunoncha aden – bez va viruspar) — tarkibida DNK gruppasi bo’lgan, odam va hayvonlarda adenovirus kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslar. Ular nafas yo’llaridagi bez (adenoid) to’qimalarida yashab, o’tkir katar, kon’yunktivit, enterokolit, atipik pnevmoniya va boshqa kasalliklarni qo’zg’atadi. Adenoviruslar odamning adenoidlaridan va murtak bezlaridan, shuningdek me’da-ichaklaridan ajratib olingan. Kattaligi 70-90 millimetrlik. Ularning odamda kasallik qo’zg’atuvchi 30 dan ortiq turi ma’lum.