JAZAVA

JAZAVA — kuchli asab qo’zg’alishi, o’z hatti-harakatlarini nazorat qilolmay qolish, xayolot va voqelik o’rtasidagi muvozanatning yo’qolishi natijasida yuzaga keladigan holat. Jazava holatidagi insonda hayajonli raqslar, o’zini o’zi qiynash, bedorlik, diqqat-e’tiborni bir yo’nalishga qaratish, og’riq sezmaslik hollari kuzatiladi. Giyohvandlik, ichkilikbozlik va boshqa vositalar yordamida Jazavani sun’iy qo’zg’atish hollari ham mavjud. Jazavaning eng ko’p turlari, odatda, shomonlikda., shialikda shaxsey-vaxseylarda uchraydi. Tasavvuf istilohida esa Jazava tariqat axlining ilohiy ishq ta’sirida shavqu zavqqa to’lishi, zikr va samo asnosida o’zidan ketish holatlari sifatida talqin etiladi.