JO’RNAVOZLIK
JO’RNAVOZLIK, jo’rovozlik, akkompanement — 1) musiqa ijrochiligida yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa yoki ijrochilar guruhiga bir yoki bir necha musiqa cholg’ular (ansambl, orkestr)ning jo’r bo’lishi. O’zbekistonda qadimdan rivojlanib kelgan. Ayritom, Afrosiyob, Varaxsha va boshqa joylardan topilgan yodgorliklarda hamda ulardan keyingi davrlarga oid miniatyuralarda yakkaxon va guruh-guruh sozandalar, raqqosalar tasvirlangan. Qadimdan, masalan, «katta o’yin» turkumidagi raqslar nog’ora (yoki doyra), Shashmaqomnpnt Nasr (ashula) yo’llari tanbur jo’rligida ijro etilgan. O’zbek an’anaviy ijrochiligida tor, dutor, tanbur, rubob kabi yakka (yoki doira b-n birgalikdagi) sozlar va cholg’u ansambli jo’rligidan foydalaniladi; 2) Garmoniya, gomofoniya kabi ko’p ovozli musiqa uslublarida yetakchi, ohangdor ovozga boshqa, ko’makdosh ovoz (akkord) larnchng jo’r bo’lishi.