GAVEL (HAVEL) VASLAV

GAVEL (HAVEL) VASLAV (1936.5.10) -Chexiya prezidenti (1993 yildan). 1989— 92 yillarda Chexoslovakiya prezidenti; Chex dramaturgi. Chexiya oliy texnika maktabini, nafis san’at akademiyasining teatr fakultetini tugatgan. 1950 yildan «na Zabradli» teatrida sahna texnigi, dramaturg, rejissyor assistenti bo’lib ishlagan. 1968 yil «Mustaqil yozuvchilar klubi» uyushmasi raisi. Keyinchalik Chexoslovakiyada inson huquqlarini himoya qilish harakati yetakchilaridan biri bo’lgan. Bir necha marta qamalgan. 1989 yildan «fuqarolik forumi» harakati etakchisi. Chexoslovakiya voqeligi to’g’risidagi «bog’tantanasi» (1963 y. sahnalashtirilgan, 1964 yil e’lon qilingan), «bildirish» (1965 yil sahnalashtirilgan), «audientsiya» (1975 yil radio orqali eshittirilgan), «vasvasa» (1985), «assonans» (1987) satirik pyesalari muallifi.