GARMONIK ANALIZATOR

GARMONIK ANALIZATOR (matematikada) — davriy funktsiyalarni trigonometrik qatorlarga yoyish va integrallar bilan ifodalash koeffisentlarini hisoblaydigan asbob. Har qanday Garmonik analizator tarkibiga kiritish qurilmasi, ko’paytirish qurilmasi va integrallash qurilmasi kiradi. Garmonik analizatorning asosiy ko’rsatkichlari: beriladigan funktsiya turi (grafik, elektr signal, mexanik siljish va boshqalar), garmonikaning eng katta nomeri, bir yo’la hisoblanadigan koeffisient soni. Mexanik, elektrik, optik va boshqa xillari bor. Mexanika, radiotexnika, elektrotexnika, akustika va boshqa sohalarga oid masalalarni echishda ham qo’llaniladi. Mexanik Garmonik analizator amalda keng ishlatiladi.