GUANAKO

GUANAKO (Lama guanacoe) — tuyasimonlar oilasining lamalar urug’iga kiradigan sut zmizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 120 — 175 santimetr, yagrinidan balandligi 90 — 100 santimetr, og’irligi 48 — 96 kilogramm. Faqat Janubiy Amerikaning aholi kam yashaydigan and baland tog’li chalacho’l mintaqasida yashaydi. Poda bo’lib yuradi. Go’shti va terisi uchun ovlanadi. Soni kamayib bormoqda. Xonaki lamalarning yovvoyi ajdodi.