GUDZON BO’G’OZI
GUDZON BO’G’OZI – Labrador yarim oroli bilan Baffin yeri oralig’idagi bo’g’oz. Gudzon qo’ltig’ini Atlantika okeani bilan qo’shib turadi. Uzunligi 806 kilometrga yaqin, kengligi 115-407 kilometr. Chuqurligi 200 metrdan 988 metrgacha. Bir yilda 8 oy davom etadigan qor bo’ronlari, tuman va suzib yuruvchi juda ko’p muz bo’laklari kema qatnovini qiyinlashtiradi. Dengiz hayvonlari ovlanadi. Bo’g’oz G. Gudzon nomiga qo’yilgan.