GALLE
GALLE — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Zaale daryosi bo’yida. Aholisi 303 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni, Daryo porti. Kime sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik rivojlangan, yirik vagonsozlik zavodi bor. Oziq-ovqat, kimyo-farmatsevtika va yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan kumir va tosh tuzi qazib chiqariladi. Mamlakatning kitob nashr qiluvchi markazlaridan biri. Tabiiy fanlar akademiyasi (1652), universitet (1694), ikkita ilmiy tadqiqot instituti, pedagogika instituti, teatrlar, hayvonot bog’i, muzeylar bor. 14— 16-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlanib qolgan.