AJAMIY

AJAMIY ibn Abubakr (12-asr 20-yillari, Naxichevan — 13-asr boshi) — Ozarbayjon me’mori. Naxichevan me’morlik maktabi vakili. Ajamiy Yusuf ibn Qusayr maqbarasini (1161-62), Mu’mina xotun (Atobak) maqbarasini (1186), Naxiche-Vandagi peshtoqlar bilan tutashtirilgan minoralarni qurgan. Ajamiyning qurgan binolari mukammal qismlari mustaqil hal etilgan, bezaklari jozibali, Ajamiy binolari o’rta asr Ozarbayjon me’morchiligida hamda yaqin Sharq mamlakatlari me’morligi tarixida ko’zga ko’ringan obidalardan bo’lib, shu xildagi binolar me’morligining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.